Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Chexiya: Rossiya mag‘lub bo‘lishi shart

Chexiya: Rossiya mag‘lub bo‘lishi shart

Chexiya hukumati tomonidan tasdiqlangan yangi tashqi siyosat konsepsiyasiga ko‘ra, Praga Yevropa Ittifoqi va NATOning ishonchli a’zosi bo‘lib qoladi hamda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushda mag‘lubiyatga uchrashi zarurligini tan oladi. Qabul qilingan hujjat haqida Chexiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

"Hukumat 2015 yilgi Doiraviy dasturni yangilovchi va 2023 yilgi Xavfsizlik strategiyasiga to‘liq mos keladigan yangi tashqi siyosat tuzilmasini tasdiqladi," - deyiladi xabarda.

Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy yangi konsepsiyani sharhlar ekan, Rossiyaning g‘alaba qozonmasligi va uni Yevropadagi har qanday tajovuzkor rejalardan samarali tiyib turish Chexiyaning hayotiy manfaatlariga mos kelishini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Moskvani faqat jismoniy tahdid manbai emas, deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, konsepsiyada Rossiya axborot hujumlari, ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilish, shuningdek, demokratik institutlarga bo‘lgan ishonchni zaiflashtiruvchi faoliyat olib borishda ayblanadi.

Kiritildi: 23:59 29.05.2025. O'qildi: 1648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!