Mamlakat rasmiylari qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlarni ma’qulladi. U ukrainalik qochoqlar uchun yashash ruxsatnomalari va moliyaviy yordam olish talablarini sezilarli darajada kuchaytiradi. Chexiya rasmiylarining bayonotiga ko‘ra, bunday qaror gumanitar yordamni suiiste’mol qilish holatlariga hamda qochoqlar mahalliy aholiga nisbatan ma’lum imtiyozlarga ega degan jamoatchilik fikriga javoban qabul qilingan.
Chexiya Ichki ishlar vaziri Lyubomir Metnarning ta’kidlashicha, yangi tartiblarning maqsadi mamlakatda doimiy yashamaydigan shaxslarni tizimdan chiqarib tashlashdir. Boshqa o‘zgarishlar qatorida, Ukraina avtomobil raqamlariga ega transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan ozod qiluvchi istisnolar bekor qilindi.
Vazirning qayt etishicha, 2026 yil mart oyi holatiga ko‘ra, Chexiya aholisi 10 millionga yaqin bo‘lgan mamlakatda taxminan 385 ming ukrainalik qochoqni qabul qilgan.
Evropa Ittifoqi ma’lumotlariga ko‘ra, bu YEI mamlakatlari orasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Hukumat tomonidan tasdiqlangan o‘zgartirishlar hali Chexiya parlamenti tomonidan ma’qullanishi kerak. Mamlakatda amaldagi hukmron koalisiya tarkibiga antiukrain ritorikasi bilan ajralib turadigan o‘ta o‘ngchi "Ozodlik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya" partiyasi ham kiradi. 2025 yil noyabr oyida partiya yetakchisi Tomio Okamura Chexiya parlamenti quyi palatasi raisi etib saylangach, Praga parlament binosi old tomonidan Ukraina bayrog‘ini olib tashlash haqida ko‘rsatma berib, siyosiy mojaro keltirib chiqargan edi.