Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Chexiya bosh vaziri Yevropani Ukrainada tinchlikka intilmayotganligi uchun tanqid qildi

Chexiya bosh vaziri Yevropani Ukrainada tinchlikka intilmayotganligi uchun tanqid qildi

Chexiya bosh vaziri Andrey Babish Yevropa siyosatchilarini Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish uchun yetarlicha harakat qilmayotganlikda tanqid qildi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan haftalik videomurojaatida gapirdi.

"Men bu jirkanch urush tugashi uchun kurashaman. Bu aqlga sig‘maydi. Yevropaning impotensiyasi dahshatli", — dedi Babish.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada Ukraina atrofidagi vaziyat muhokama qilinganda asosan urush haqida gapirilmoqda, ammo mojaroni tinch yo‘l bilan tugatishga qaratilgan muzokaralarga yetarlicha e’tibor berilmayapti.

Babish AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot olib borayotganini eslatib, Yevropa ham mojaroni tugatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi kerakligini bildirdi.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa davlatlarini Ukraina bo‘yicha diplomatik kelishuvga to‘sqinlik qilishga urinishda ayblagan edi. Uning fikricha, Yevropa Kiyevni mojaroni davom ettirishga undamoqda.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 2026–2027 yillarda 90 mlrd yevro miqdorida kredit ajratish mexanizmini tasdiqlagan. Uning 60 mlrd yevrosi mudofaa salohiyati va mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlashga, 30 mlrd yevrosi esa makroiqtisodiy va byudjet ehtiyojlariga mo‘ljallangan.

Kiritildi: 22:07 20.09.2026. O'qildi: 452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!