Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Chet elga ishga yuborish tizimi xususiy sektorga to‘liq o‘tkaziladi

Chet elga ishga yuborish tizimi xususiy sektorga to‘liq o‘tkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish masalasi eng ishonchli xususiy bandlik agentliklariga to‘liq o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Yangi tizimda xorijda yuqori daromadli ishga joylashtirilgan har bir fuqaro uchun agentlikka 1,5 mln so‘m rag‘bat puli to‘lanadi. Yoshlarni kasb va tilga tayyorlash uchun texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi.

Shuningdek, chet eldan jalb qilingan o‘qituvchi va ekspertlar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi, o‘quv jarayoni uchun zarur uskuna va jihozlar esa bojxona bojidan ozod qilinadi.

Evaziga xususiy bandlik agentliklari to‘liq shaffof tizimda ishlaydi va ularning reytingi yuritiladi. Fuqaroning aniq ishga joylashishi, huquqlari ta’minlanishi, yuqori daromad topishi va kafolatli ijtimoiy ta’minotga ega bo‘lishi asosiy mezon bo‘ladi.

Kiritildi: 14:41 02.11.2026. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!