Bugun 27 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Chet elda ota-ona nazoratisiz qolgan 3 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Chet elda ota-ona nazoratisiz qolgan 3 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Bolalar Toshkent shahri IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tomonidan qabul qilindi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘magida ota-onalariga topshirildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining xabar berishicha, Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko‘magida Novosibirsk va Moskva shaharlaridan xalqaro kelishuvlarga muvofiq, uch nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi.

Bolalar Toshkent shahri IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tomonidan qabul qilindi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘magida ota-onalariga topshirildi.

Ushbu holatda, voyaga yetmagan shaxslar ota-onasining yaqin qarindoshiga ishonchnoma asosida Rossiya Federasiyasiga borgan bo‘lib, ammo ushbu ishonchnoma Rossiya hududida yuridik kuchga ega emasligi sababli voyaga yetmagan fuqarolar ota-onasi qarovisiz qolgan deb e’tirof etilgan.

Olib kelingan bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy xizmatlar ularning yashash manziliga yaqin bo‘lgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ko‘rsatiladi.

"O‘z o‘rnida, ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini nazoratsiz chet el davlatiga jo‘natmaslikni, dastlab, ushbu davlatning qonunchiligini batafsil o‘rganish kerakligini eslatib o‘tamiz", deyiladi xabarda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan xorijda qiyin vaziyatga tushgan bolalarni vatanga qaytarish va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:38. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!