Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Chernogoriya rossiyaliklar uchun viza cheklovlari joriy etilishini e’lon qildi

Chernogoriya rossiyaliklar uchun viza cheklovlari joriy etilishini e’lon qildi

Podgorisa tez orada viza qoidalarini Yevropa Ittifoqi talablariga to‘liq moslashtiradi. Chernogoriya bosh vaziri Milojko Spajich 20 noyabr kuni rossiyaliklar uchun viza cheklovlari kiritilishini ma’lum qildi.

"Evropa Ittifoqiga a’zolik maqomi va u bilan keladigan imtiyozlarsiz ham biz allaqachon a’zo davlat sifatida harakat qilamiz. Shuning uchun biz viza siyosatimizni Yevropa Ittifoqi siyosatiga to‘liq moslashtiramiz", - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Spayichning ta’kidlashicha, Chernogoriyadagi rossiyalik sayyohlar soni, ularning mamlakatdagi ko‘chmas mulki ulushi kamaygan. Hozirda ruslar sayyohlarning faqat bitta guruhi bo‘lib, ular orasida boshqa yevropaliklar ham bor.

Vizaga o‘zgartirishlar imkon qadar tezroq amalga oshirilishi kutilmoqda.

Avvalroq, 17 oktyabr kuni Chernogoriya rossiyalik sayyohlar uchun viza rejimini joriy etish niyatida ekani xabar qilingandi.

Kiritildi: 12:00 21.11.2025. O'qildi: 793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!