Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Chempionlar OTMlarga sinovlarsiz qabul qilinadi

Chempionlar OTMlarga sinovlarsiz qabul qilinadi

Farmonga ko‘ra, maktablar, OTMlar kamida bittadan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

2020 yil 1 fevraldan:
•  Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar byudjetdan moliyalashtiriladigan OTMlarga (tibbiyot yo‘nalishidan tashqari) qo‘shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

“Bolalar sport o‘yinlari”ning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha respublika bosqichi:

•  g‘oliblariga (1-o‘rin) OTMlarga kirish imtihonlarida soha bo‘yicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, 3 yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi;

•  g‘olib va sovrindorlarni (1-3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari 1-o‘rin uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining – 6 baravari, 2-o‘rin uchun – 4 baravari, 3-o‘rin uchun – 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi;

•  maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasining g‘olib va sovrindorlarini (1-3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestasiyasiga jalb etilmasdan, ularga tegishli malaka toifalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;

•  olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika (1-o‘rin) va xalqaro musobaqalarda g‘olib chiqqan OTM talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi kafedralar o‘qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlar (dosent, professor) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi.

Kiritildi: 11:02 25.01.2020. O'qildi: 2005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!