Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi

Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi

Dortmundning “Borussiya” klubi futbolchisi Seru Girassi “Barselona”ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etib, Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Nemis jamoasi hujumchisining 3 ta goli chorak final javob o‘yinida 3:1 hisobida g‘alaba qozonishga yordam berdi.

"Arsenal" futbolchisi Deklan Rays "Real Madrid"ga qarshi o‘yinda (2:1) ikkinchi o‘rinni egalladi. “Inter” hujumchisi Lautaro Martines “Bavariya”ga (2:2) gol urib, uchinchi bo‘ldi.

"PSJ" vingeri Usmon Dembele "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda (2:3) golli uzatmani amalga oshirib, kuchli to‘rtlikni yakunladi.

Kiritildi: 17:41 18.04.2025. O'qildi: 1292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!