UYEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi. 29 va 30 aprel kunlari 1/2 finalning dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Ovoz berishda "PSJ" yarim himoyachisi Vitinya va "Inter" himoyachisi Denzel Dyumfris ishtirok etmoqda.
Bu hafta "PSJ" "Arsenal"ni mag‘lub etdi (1:0), shuningdek, "Inter" "Barselona" bilan durang o‘ynadi (3:3).
Haftaning eng yaxshi futbolchisi UEFA rasmiy saytida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.