Chempionlar ligasi doirasidagi "Barselona" - "Inter" uchrashuvini fransiyalik hakamlar boshqarib boradi.
UEFA Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi o‘yiniga hakam Kleman Tyurpen va uning jamoasi tayinlanganini tasdiqladi. Villi Delajo va Fransua Leteksye o‘yinda VAR uchun javobgar bo‘lishadi.
Uchrashuv 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.