Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

"Chelsi" Zidanni dunyoning eng ko‘p maosh oladigan murabbiyga aylantirmoqchi

"Chelsi" Zidanni dunyoning eng ko‘p maosh oladigan murabbiyga aylantirmoqchi

Fransiyalik murabbiy Zinedin Zidan Londonning "Chelsi" klubini boshqarishi mumkin.

Ispaniyalik jurnalist Eduardo Inda "El Chiringuito" nashridagi haftalik chiqishida "Chelsi" Zidanga yiliga 50 million yevro taklif qilganini aytdi.

Agar kelishuv amalga oshsa, Zidan "Atletiko"da yiliga 40 million yevro maosh oladigan Diyego Simeoneni ortda qoldirib, dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylanadi.

“Ko‘klar” ayni damda APL turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. London klubi bosh murabbiyi Grem Potter hisoblanadi. O‘tgan 15 uchrashuvda "ko‘klar" atigi 4 uchrashuvda g‘alaba qozonishgan.

Zidan "Real"ni ikkinchi marta tark etganidan keyin 2021 yilning yozidan beri ishsiz edi. "Galaktikos" bilan Zizu ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Kiritildi: 17:37 06.02.2023. O'qildi: 1695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!