Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Chelsi" Xavi bilan 7 yillik shartnoma imzolaydi

"Chelsi" Xavi bilan 7 yillik shartnoma imzolaydi

"RB Leypsig" hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons "Chelsi"ga o‘tishga yanada yaqinlashdi.

London grandi transfer shartlari bo‘yicha "RB Leypsig" bilan kelishuvga yaqin - futbolchi "ko‘klar"ga taxminan 70 mln yevroga tushadi. Jurnalist Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, Simonsning o‘zi bilan shartnoma allaqachon kelishilgan: niderlandiyalik yetti yilga mo‘ljallangan shartnomani imzolashga tayyor, bitimga yana bir yilga avtomatik uzaytirish imkoniyati ham kiritiladi.

"RB Leypsig" yanvar oyida Xavi Simonsni "PSJ"dan 50 mln yevroga sotib olgandi. O‘tgan mavsumda 22 yoshli futbolchi "qizil buqalar" safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan

Kiritildi: 10:05 27.07.2025. O'qildi: 1186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!