Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Chelsi", "Tottenxem" va "Atletiko" "Barsa" futbolchisi uchun taklif bilan chiqishga tayyor

"Chelsi", "Tottenxem" va "Atletiko" "Barsa" futbolchisi uchun taklif bilan chiqishga tayyor

Mark Kasado boshqa klublar qiziqish bildirayotganiga qaramay, "Barselona"dan ketishni istamadi.

Diario Sport xabariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda "Barselona" yarim himoyachisiga "Chelsi", "Atletiko" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirgan. Ular rasmiy taklif bilan chiqishmagan.

Ta’kidlanishicha, Kataloniya klubi 21 yoshli futbolchini faqatgina transfer taklifi bo‘lgan va xavbek ketishga tayyor bo‘lgan taqdirdagina sotishi mumkin. Kasado hozirgi jamoasini tark etishni istamayapti. Buni anglagan "Tottenxem" Joau Palinya nomzodiga o‘tdi va uni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Kasado La Liganing o‘tgan mavsumida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 23:27 06.08.2025. O'qildi: 926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!