"Chelsi" markaziy himoyachisi Aksel Disasining "Barselona"ga o‘tishi dargumon.
Fransuzga yangi klub qidirilmoqda - uning xizmatlarini "ko‘k-anorranglilar" ham taklif qilishgan. Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu transfer amalga oshishi dargumon, chunki kataloniyaliklar Disasining moliyaviy talablarini qondira olmaydi. Bundan tashqari, katta ehtimol bilan "Chelsi"ga tovon puli to‘lashga to‘g‘ri keladi, chunki 27 yoshli futbolchining shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
"Barselona" yanvar oyida yangi markaziy himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda, ammo ular "arzon" variantlardan birini tanlashadi.
Aksel Disasi "Chelsi" tarkibidan chetlatilgan - u joriy mavsumda "ko‘klar"ning asosiy jamoasida biror marta ham o‘ynamadi.