Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Chelsi" "Barselona" futbolchisi uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor

"Chelsi" "Barselona" futbolchisi uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor

"Chelsi" hali tarkibni kuchaytirish ishlarini yakunlagani yo‘q. CaughtOffside xabariga ko‘ra, londonliklar so‘nggi vaqtlarda "Manchester Yunayted" bilan bog‘lanayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesga qiziqmoqda.

Manbaga ishonadigan bo‘lsak, "Chelsi" 22 yoshli Lopes bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Gap taxminan 60 million yevro haqida ketmoqda.

Qayd etilishicha, Fermin Lopes "Barselona"dan ketish istagida emas. Shu bilan birga, klub o‘zining murakkab iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda uni sotishga rozi bo‘lishi mumkin.

"Barselona"ning asosiy jamoasi safida Fermin Lopes 88 ta o‘yin o‘tkazgan. Unda xavbek 19 ta gol urib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:05 07.08.2025. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!