“Chelsi” bosh murabbiyi Enso Mareska jamoaning Konferensiyalar Ligasidagi ishtiroki haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, maqsad faqat g‘alaba va klub tarixiga yangi sahifa qo‘shishdir.
“Biz klubning sovrinlar yutishiga intilamiz. Bu biz uchun ham, ammo eng avvalo klub va uning ishqibozlari uchun muhim. “Chelsi” barcha yevrokuboklarda g‘alaba qozongan tarixdagi ilk jamoaga aylanishi mumkin”, — deb Mareskaning so‘zlarini keltiradi BBC.