Bugun 6 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Cheklovlar AQSh harbiy kuchlari Xitoyga qanchalik bog‘liq ekanini yana bir bor namoyon qilmoqda"

"Cheklovlar AQSh harbiy kuchlari Xitoyga qanchalik bog‘liq ekanini yana bir bor namoyon qilmoqda"

Xitoy G‘arb qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyalari uchun muhim bo‘lgan minerallarni yetkazib berishni cheklamoqda, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu cheklovlar ishlab chiqarishda kechikishlarga olib kelmoqda va kompaniyalarni o‘q-doridan tortib to qiruvchi samolyotlar ishlab chiqarishgacha zarur hisoblanuvchi minerallarni butun dunyo bo‘ylab izlashga majbur qilmoqda.

"Nodir minerallarni yetkazib berishdagi cheklovlar AQSh harbiy kuchlari Xitoyga qanchalik bog‘liq ekanini yana bir bor namoyon qilmoqda. Bu esa geosiyosiy taranglik va keskin savdo muzokaralari davrida Pekinga ta’sir o‘tkazish vositasini beradi", deya yozmoqda The Wall Street Journal.

Kiritildi: 21:25 05.08.2025. O'qildi: 1018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!