2025 yil 1 iyundan Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalarining elektron navbat tizimi joriy etiladi.
Bu haqda Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-28-son qarorida gap boradi.
Mazkur qaror bilan, shuningdek, O‘zbekistonning transport-logistika tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlar belgilandi, jumladan:
Yuklarni xalqaro tashishni tashkil etishda transport-ekspeditorlik xizmatlariga QQS nol stavkada qo‘llanadi.
Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda Xalqaro avtomobil transporti sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etiladi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida yo‘lbo‘yi servis («Service area» va «Service point») ob’ektlari tashkil etiladi.