Charli Kirk (amerikalik konservatorlar faoli)ni o‘ldirganlikda ayblanayotgan 22 yoshli Tayler Robinson, hibsga olinganidan uch oy o‘tgach, birinchi marta sudda javob berdi.
Robinsonga qarshi ko‘plab dalillar mavjud: u yashovchi xonadan «Charli Kirkni yo‘q qilish imkoniyatim bor va men buni qilaman» deb yozilgan xat topilgan. U qotillik haqida do‘stlari bilan chatda yozishgan. Bundan tashqari, uning DNKsi quroldan, poyabzalining izlari esa o‘q uzilgan tomdan topilgan.
Mavzu doirasida: Trampning tarafdori — konservativ bloger Charli Kirkka suiqasd uyushtirildi
Huquqshunoslarga ko‘ra, Robinsonning advokatlari birinchi navbatda uni o‘lim jazosidan qutqarishga harakat qilmoqda. O‘lim jazosidan qutulish uchun Robinson o‘z aybiga iqror bo‘lishi lozim, shunda o‘lim jazosi berilmasligi mumkin.
Birinchi sudni Fox News telekanali jonli efirga uzatdi. Robinsonning advokatlari jurnalistlar hujjatlar va ekranni tasvirga olayotganini «chegaradan chiqish» deb baholab, sud zalida suratga olishni taqiqlashni talab qilishdi. Oqlovchilarga ko‘ra, matbuotning haddan tashqari e’tibori Robinsonning huquqlarini buzib, sud adolatli o‘tishiga xalaqit beradi. OAV esa jamoatchilik barcha tafsilotlarni bilishi kerak, degan fikrda.
Robinson himoya stolida tinglovni diqqat bilan kuzatib o‘tirdi. Jarayonga loqayd emas, ammo xotirjam ko‘rindi — ko‘k ko‘ylakda, galstuk va kishanlar taqilgan, deyiladi xabarda.
Keyingi eshituv 29 dekabrga belgilangan.