Hukumat qarori (413-son, 07.07.2025 y.) bilan “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi
🔰 Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.
✔️ Chaqiriluvchilar tanlovda 1 yilda faqat 1 marta ishtirok etishi mumkin.
⌛️ Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10 avgustidan chaqiruv yilining 10 fevraliga qadar o‘tkaziladi.
📝 Chaqiriluvchi bilan suhbat o‘tkazish orqali uning quyidagi ma’lumotlariga aniqlik kiritiladi:
➖ harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqi;
➖ huquqbuzarliklar sodir etgani, javobgarlikka tortilgani va sudlangani bilan bog‘liq holatlar;
➖ sog‘lig‘ining holati;
➖ bilim darajasi;
➖ oilaviy sharoiti va boshqalar.
📋 Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali baholanadi:
▪️ turnikda tortilish;
▪️ 100 metrga yugurish;
▪️ 3000 metrga yugurish.
📃 Tanlov yakunlari bo‘yicha chaqiriluvchini tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik bo‘yicha tegishli xulosa qabul qilinadi.