Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

“Centrum-Air” aviakompaniyasi samalyotga sig‘may qolgan fuqarolarga kompensasiya to‘ladi

“Centrum-Air” aviakompaniyasi samalyotga sig‘may qolgan fuqarolarga kompensasiya to‘ladi

“Centrum-Air” aviakompaniyasi ortiqcha chipta sotilishi sabab parvozdan qolib ketgan fuqarolarga kompensasiya va qator imtiyozlar taqdim etdi.

Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaroning “Centrum-Air” aviakompaniyasi faoliyati yuzasidan yo‘llagan murojaati o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro 2025 yil 26 sentyabr kuni “Centrum-Air” aviakompaniyasining rasmiy sayti orqali Istanbul–Namangan yo‘nalishi bo‘yicha ikki dona aviachipta sotib olgan. Biroq aviakompaniya tomonidan ortiqcha chiptalar sotilgani sababli fuqaro va uning turmush o‘rtog‘i samolyotga chiqolmay, Istanbul xalqaro aeroportida qolib ketgan.

Bir sutkadan so‘ng ularga majburiy tarzda Istanbul–Toshkent reysida parvoz qilish taklif etilgan va fuqarolar shu reys orqali O‘zbekistonga qaytib kelishgan. Mazkur holatdan norozi bo‘lgan fuqaro iste’molchilik huquqlarini tiklash maqsadida hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.

O‘rganishlar davomida “Centrum-Air” aviakompaniyasi o‘z aybi bilan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun fuqaro bilan kelishilgan holda qator kompensasiya va imtiyozlar taqdim etganini ma’lum qildi. Xususan, fuqaroga 500 yevro miqdorida kompensasiya, 865 ming 200 so‘m pullik tovon to‘langan. Shuningdek, aviakompaniyaning istalgan yo‘nalishlariga keyingi safar uchun 20 foiz chegirma beruvchi promokod, 23 kilogramm qo‘shimcha bepul bagaj hamda parvoz vaqtida samolyotning birinchi qatoridan bepul foydalanish imkoniyati taqdim etilgan.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida fuqaroning iste’molchi sifatidagi huquqlari to‘liq tiklanishi ta’minlandi.

Kiritildi: Bugun 15:52. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!