AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) mamlakatda qizamiq bilan kasallanganlar soni 1001 nafarga yetganini ma’lum qildi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanish holatlari allaqachon AQShning 30 ta shtatida qayd etilgan.
Ular orasida Alyaska, Kaliforniya, Kolorado, Florida, Nyu-Jersi, Nyu-York, Pensilvaniya, Texas, Virjiniya, Vashington va boshqa shtatlar bor.
Aprel oyi boshida NBC telekanali xabar berishicha, faqatgina Texasning o‘zida 480 dan ortiq qizamiq bilan kasallanish holatlari aniqlangan edi.