CAFA Nations Cup-2025 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yin Toshkentdagi ”Olimpiya” stadionida o‘tkazildi. Turkmanistonga qarshi o‘yin 1:2 hisobida yakunlandi. Dastlab, 37-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Igor Sergeev hisobni ochdi.
44-daqiqada ham Sergeevning o‘zi penaltidan gol urib, hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. Raqib jamoadan esa Didar Durdiyev 83 daqiqada penaltidan O‘zbekiston darvozasiga gol kiritdi va hisob 1:2 ko‘rinishiga yetdi.
Ma’lumot uchun, CAFA Nations Cup-2025 musobaqasida 8 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda. O‘yinlar Toshkent va Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tkazilyapti.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 5 sentyabr kuni Qirg‘iziston jamoasiga qarshi o‘tkazadi.