Buyuk Britaniyaning Muvaqqat ishlar vakili Londonning Tehronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishi munosabati bilan Eron Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.
Bu haqda Fars agentligi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron TIV britaniyalik diplomatni “Londonning mantiqsiz xatti-harakatlarini javobsiz qoldirmaslikka” ishontirgan. Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ham "Eronning boshqa davlatlar bilan mudofaa sohasidagi hamkorligiga ayrim Yevropa davlatlari, jumladan, Buyuk Britaniyaning aralashuvini" nomaqbul deb atadi.
18 noyabr kuni Yevropa Ittifoqi Eronning eng yirik davlat kemasozlik kompaniyasi The Islamic Republic of Iran Shipping Line Group (IRISL) va uning direktorlarini qora ro‘yxatga kiritdi. Ro‘yxatga Eron qurollari va o‘q-dorilarini olib o‘tgan Rossiyaning uchta yuk shirkati ham kiritilgan. Yevropa Ittifoqidan keyin Buyuk Britaniya IRISL, Eronning milliy aviatashuvchisi Iran Air va Rossiyaning yuk kemasiga nisbatan cheklov choralarini kiritdi.
Avvalroq 2024 yilning ikkinchi yarmida Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qiluvchi Vengriya elchisi Eron TIVga chaqirilgani xabar qilingandi.