Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniyadagi saylovlar o‘ng qanot Reform UK partiyasi va uning yetakchisi Nayjel Faraj uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi

Buyuk Britaniyadagi saylovlar o‘ng qanot Reform UK partiyasi va uning yetakchisi Nayjel Faraj uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi

Buyuk Britaniyadagi saylovlar o‘ng qanot Reform UK partiyasi va uning yetakchisi Nayjel Faraj uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

"1 may kuni bo‘lib o‘tgan munisipal saylovlarda Reform UK oldin leyboristlar yoki konservatorlarni saylagan okruglarda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi, bu Britaniya siyosatining an’anaviy partiyalar nazoratidan chiqqanini ko‘rsatadi", deyiladi xabarda.

Mutaxassislar allaqachon Buyuk Britaniyada “ikki partiyali tizimga jiddiy tahdid” yuzaga kelgani haqida gapirishmoqda.

Ovozlarni hisoblash hali ham davom etmoqda, ammo Reform UK parlamentda beshinchi o‘rinni egallagani va partiya vakili Andrea Jenkins Katta Linkolnshir meri etib saylangani xabar berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik milliarder Ilon Mask Nayjel Farajning partiyasini qo‘llab-quvvatlashini bir necha bor bildirgan edi.

Kiritildi: 17:31 02.05.2025. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!