Buyuk Britaniyadagi Ferford havo kuchlari bazasida katta yong‘in sodir bo‘ldi, bu bazada Eronga qarshi havo hujumlarida ishtirok etgan AQSh havo kuchlarining strategik bombardimonchi samolyotlari floti joylashgan.
Bu haqda Daily Mirror nashri xabar bermoqda.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in bir qavatli omborxonalardan birida elektr qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi, hech kim jarohat olmadi va hech qanday samolyotga zarar yetmadi, garchi bazada saqlangan Amerika uskunalarining holati noma’lumligicha qolmoqda.
Yong‘in bo‘yicha tergov davom etmoqda va dastlabki natijalar shuni ko‘rsatadiki, shubhali holatlar aniqlanmagan.