Buyuk Britaniyada AQSh harbiylari foydalanadigan Ferford aviabazasi yaqinida terroristik hujum uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilinib, besh kishi hibsga olindi.
Bu haqda Associated Press nashri mahalliy huquqni muhofaza qilish organlariga tayanib xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, yakshanba kuni Britaniya polisiyasi portlovchi moddalar saqlaganlikda gumon qilinib, bir nechta erkakni hibsga oldi va aviabaza yaqinidagi uylarning aholisini evakuasiya qildi. Baza tomon ketayotgan uchta transport vositasi shubha uyg‘otdi. Keyinchalik ular terroristik hujum uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilinib hibsga olindi.
Angliyaning g‘arbiy qismida, Londondan taxminan bir yarim soatlik masofada joylashgan Ferford aviabazasi hududida favqulodda holat e’lon qilindi va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va uskunalari safarbar qilindi.
Associated Press eslatishicha, baza AQSh harbiylari tomonidan Eronga qarshi hujumlarni amalga oshirish uchun ishlatilgan.