Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniyada taniqli siyosatchi, "Reform UK" partiyasi a’zosi Enn Uidkomi o‘ldirildi

Buyuk Britaniyada taniqli siyosatchi, "Reform UK" partiyasi a’zosi Enn Uidkomi o‘ldirildi


Xabarlarga ko‘ra, Enn Uidkomining jasadi payshanba kuni Angliya janubi-g‘arbidagi Devon grafligining chekka hududida joylashgan uyidan topilgan, biroq polisiya bu haqda faqat juma kuni e’lon qildi. Shu bilan birga, qotillikda gumon qilinib 26 yoshli oq tanli britaniyalik hibsga olingani ma’lum qilindi.

Jinoyat maqsadi noma’lum, polisiya faqatgina bu hodisani terrorchilik harakati deb hisoblamasligini aytmoqda. Enn Uidkomi 78 yoshda edi. U 1987 yildan 2010 yilgacha Konservativ partiyadan Jamoatlar palatasi deputati bo‘lgan va 1990 yillarning birinchi yarmida Jon Meyjor hukumati tarkibiga kirgan.

Ma’lumot uchun, Uidkomi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligiga qarshi ekani bilan tanilgan edi. 2019 yilda u Breksit partiyasi ro‘yxati bo‘yicha Yevroparlamentga saylangan, 2023 yilda esa nomi "Reform UK" deb o‘zgartirilgan ushbu partiyaga a’zo bo‘lib kirgan va immigrasiya hamda adliya mavzularida partiya nomidan bir necha bor ommaviy bayonotlar bergan edi.

Kiritildi: 21:01 11.07.2026. O'qildi: 939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!