Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniyada plastmassa ishlab chiqaradigan zavodda portlash va yong‘in yuz berdi

A A A
Buyuk Britaniyada  plastmassa ishlab chiqaradigan zavodda portlash va yong‘in yuz berdi

Kecha, 24 noyabr kuni Buyuk Britaniyaning Yorkshir grafligida joylashgan mintaqadagi eng katta plastmassa ishlab chiqaradigan zavodda dastlab portlash, so‘ng kuchli yong‘in yuz berdi. Rasmiylar aholidan eshik-derazalarini yopib o‘tirishini so‘ragan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yong‘in kelib chiqishidan avval u yerda kuchli portlash yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqlgan videotasvirlarda uylar ustidan alanga va qora tutunning ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin. Yong‘indan biroz vaqt o‘tib butun shaharni qora tutun qoplagan.

“Olov shunchalik kuchli ediki, hatto yaqin atrofda yashaydigan odamlar ham uylarini tark eta boshladi. Olovdan chiqqan quyuq qora tutunni o‘nlab kilometr uzoqlikdan ham ko‘rish mumkin. Rasmiylar aholidan derazalarni yopishni va ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi”, deyiladi xabarda.

Qayd qilinishicha, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Ayrim manbalarga ko‘ra, zavod xodimlari evakuasiya qilingan. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 17:24 25.11.2021. O'qildi: 2189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!