Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Qirollik odatda ushbu kunni 8 mayda nishonlaydi, biroq bu yil yubiley bo‘lganligi tufayli bayram bir necha kun davom etadi.
Londondagi Parlament maydonidan Bukingem saroyigacha 1300 dan ortiq kishi ishtirok etgan harbiy yurish (parad) bo‘lib o‘tdi. Yurishga Ikkinchi jahon urushi faxriysi, 100 yoshli Alan Kennet boshchilik qildi. Harbiy yurishda ukrainalik harbiylar ham ishtirok etishdi.
Yurishni qirol Charlz III, uning rafiqasi Kamilla hamda UYEls shahzodasi Uilyam oilasi bilan — rafiqasi Keyt, shahzodalar Jorj va Lui, shuningdek, malika Sharlotta bilan kuzatib borishdi.
Parad Qirollik Harbiy-havo kuchlari eskadrilyasining maxsus parvozi bilan yakunlandi. London osmonida, shuningdek, F-35M Lightning va Typhoon qiruvchilari hamda Ikkinchi jahon urushida qo‘llanilgan eng mashhur og‘ir bombardimonchilardan biri bo‘lgan Lancaster bombardimonchisi parvoz qildi.