Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Buyuk Britaniyada Yevropa aeroportlariga kiberhujum uyushtirgan shaxs hibsga olindi

Buyuk Britaniyada Yevropa aeroportlariga kiberhujum uyushtirgan shaxs hibsga olindi

Londondagi Xitrou kabi Yevropaning bir qancha aeroportlari faoliyatini bir necha kun davomida to‘xtatishga sabab bo‘lgan kiberhujumga aloqadorlikda gumon qilingan shaxs hibsga olindi, deb xabar berdi BBC.

Jinoyatchilikka qarshi kurash milliy agentligining ma’lum qilishicha, G‘arbiy Sasseksda 40 yoshli erkak hibsga olingan.

Collins Aerospace tomonidan ishlab chiqilgan va bir nechta aviakompaniyalar tomonidan qo‘llaniladigan bagajni qayta ishlash va ro‘yxatga olish tizimidagi nosozlik tufayli yuzlab reyslar kechiktirildi. Ba’zi hollarda yo‘lovchilar qog‘oz va qalam yordamida qo‘lda tekshirilgan.

— Bu hibsga olish ijobiy qadam bo‘lsa-da, tergov hali boshlang‘ich bosqichda, ya’ni to‘liq emas, — dedi JMA Milliy kiberjinoyatchilik bo‘limi rahbari Pol Foster.

Kiritildi: 23:15 25.09.2025. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!