Buyuk Britaniya Ukraina hududiga qo‘shinlarini besh yilgacha joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda The Daily Telegraph manbalarga tayanib xabar berdi.
London va Parijda muhokama qilingan rejaga ko‘ra, jangovar harakatlar qayta boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mojaro hal qilinganidan keyin to‘xtatuvchi vosita sifatida G‘arb qo‘shinlari Ukrainaga yuborilishi mumkin.
Nashr ta’kidlaganidek, Fransiya, agar Ukraina hududida G‘arb harbiy kontingenti bo‘lsa, Rossiya kelajakda harbiy operasiya boshlash xavfiga ega emas, deb hisoblaydi. Taxminlarga ko‘ra, G‘arb qo‘shinlarining keyinchalik olib chiqilishi Kiyevning harbiy salohiyati tiklanganidan keyin bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
The Daily Telegraph gazetasining qo‘shimcha qilishicha, quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborishdan tashqari, London va Parij boshchiligidagi “xolislar koalisiyasi” Ukraina havo va dengiz makonini himoya qilishni ta’minlash niyatida. 10 aprel kuni NATOning Bryusseldagi shtab-kvartirasida mojaro hal qilinganidan keyin Ukrainadagi G‘arb harbiy missiyasida ishtirok etishga tayyor davlatlar mudofaa vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.