Buyuk Britaniya sun’iy intellekt (AI) uchun superkompyuter yaratishga 750 million funt sterling (1 milliard dollar) sarmoya kiritadi.
Bu Buyuk Britaniya Fan, innovasiya va texnologiyalar departamenti bayonotida e’lon qilingan.
Ta’kidlanishicha, 2030 yilda ishga tushirilgandan so‘ng, tizim dunyodagi eng ilg‘or tizimlardan biri bo‘ladi. U sinovdan o‘tgan va ilg‘or prosessorlarni eng so‘nggi mikrochiplar bilan birlashtiradi, bu esa unga an’anaviy superkompyuterlarga qaraganda murakkab vazifalarni samaraliroq bajarish imkonini beradi.
Mablag‘larning yarmidan ko‘pi - 400 million funt sterling - AI-superkompyuterini keyingi avlod chiplari bilan jihozlash uchun ishlatilishi rejalashtirilgan. Dastlabki 150 million funt sterling shu yozda ajratiladi.
Ushbu yuqori quvvatli hisoblash tizimini yaratish uchun tender tez orada e’lon qilinadi. Superkompyuter Edinburg universitetida tashkil etilayotgan markazda joylashtiriladi va Isambard-AI, DAWN va Zenith hisoblash markazlari bilan birga Buyuk Britaniyaning AIni rivojlantirish dasturining umumiy infratuzilmasiga integrasiya qilinadi.
Buyuk Britaniyada ishlab chiqilgan chiplardan foydalanishga ustuvorlik beriladi. Departament ushbu tizim tadqiqotchilar, startaplar va davlat idoralariga mamlakatda sun’iy intellektni rivojlantirish va xavfsiz qo‘llash uchun hisoblash quvvatidan foydalanish imkonini berish maqsadida yaratilayotganini ta’kidladi.