Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniya sudi Trampga 626 000 funtdan ortiqroq to‘lovni amalga oshirish majburiyatini yukladi

Buyuk Britaniya sudi Trampga 626 000 funtdan ortiqroq to‘lovni amalga oshirish majburiyatini yukladi

Bunga sabab uning Orbis Business konsalting kompaniyasiga nisbatan fuqarolik da’vo arizasi bo‘ldi. Da’vo kompaniya asoschisi, Britaniya razvedkasining sobiq xodimi Kristofer Stil nomi bilan ataluvchi “Stil hujjatlari”ga taalluqli bo‘lib, unda Donald Tramp Rossiya bilan aloqalarda ayblangan edi.

Mazkur hujjat 2017 yilda AQShning BuzzFed nashri saytida e’lon qilingan. Unda, xususan, Donald Tramp 2016 yilgi Qo‘shma Shtatlar prezidentlik saylovlari oldidan Moskvaning qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘lgani va Rossiya hukumatida Tramp haqida uni sharmanda qiladigan ma’lumotlar borligi aytilgan edi. Shu bilan birga, nashr hujjatda xatolar va tekshirilmagan da’volar mavjudligini ham ta’kidlagan.

Natijada sud Donald Trampning da’vosini asosiy sud jarayoni boshlanishidan oldin rad etdi va endilikda uni barcha sud xarajatlari va da’vo bilan bog‘liq chiqimlarni qoplashga majbur qildi. DPA agentligining aniqlik kiritishicha, AQSh prezidenti bu qaror ustidan apellyasiya bermagan.

Kiritildi: 09:35 04.04.2025. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!