Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniya Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda ko‘maklashgan Qirg‘iziston va Gruziya kompaniyalarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Buyuk Britaniya Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda ko‘maklashgan Qirg‘iziston va Gruziya kompaniyalarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Buyuk Britaniya hukumati bayonotiga ko‘ra, “Rossiyaga qarshi sanksiyalarni aylanib o‘tish yordam berayotgan” 15 ta kompaniya va uch nafar jismoniy shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan.

Yangi sanksiyalar paketi kriptovalyuta ayirboshlash shoxobchalari va “A7” tarmog‘iga qarshi qaratilgan. Britaniya Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, ushbu tarmoq mablag‘larni Rossiya harbiy iqtisodiyotiga yo‘naltirish uchun Qirg‘iziston moliya tizimlaridan foydalanadi. O‘tgan yil davomida mazkur tarmoq orqali 90 milliard dollar o‘tgan.

Rasmiy London bayonotiga ko‘ra, “Evroosiyo jamg‘arma banki” Rossiya hukumati uchun strategik jihatdan muhim bo‘lgan moliyaviy xizmatlar sektorida faoliyat yuritayotgan shaxslarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatgani sababli cheklovlar ostiga tushgan. Bankka nisbatan eng qat’iy choralar paketi joriy etilgan: aktivlarni muzlatish va direktorlarning ishlashini taqiqlashdan tashqari, Britaniya tuzilmalariga ushbu bank bilan vakillik munosabatlariga kirishish va har qanday to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlangan.

“Davlat brokerlik kompaniyasi” va “Emitent virtualnix aktivov” Buyuk Britaniya rasmiylari tomonidan Rossiya hukumatidan manfaatdor bo‘lganlikda yoki iqtisodiy jihatdan muhim faoliyat orqali uni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanmoqda. Ushbu tashkilotlar uchun aktivlarni muzlatish va trast xizmatlariga cheklovlar ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, “Emitent virtualnix aktivov”ga nisbatan maxsus sanksiyalar joriy etilgan. Buyuk Britaniya provayderlari, ijtimoiy tarmoqlari va ilovalar do‘konlari mamlakat hududida foydalanuvchilarning ushbu tuzilma kontenti va servislariga kirishini cheklashga majbur.

Bundan tashqari, sanksiyalar ro‘yxatiga, Rossiyaga avval joriy etilgan cheklov va taqiqlarni aylanib o‘tishda ko‘maklashayotgan Gruziyaning uchta kompaniyasi ham kiritilgan.

Kiritildi: Bugun 12:10. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!