London Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida “qora ro‘yxatga” yana uch jismoniy shaxs va beshta tashkilotni qo‘shdi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati saytida xabar berildi.
Ro‘yxatga Rossiya va Qirg‘izistonda ro‘yxatdan o‘tgan Grinex kriptobirjasi, Qirg‘izistonning “Kapital Bank”i, Bishkekdagi “TengriCoin” va “Old Vektor” kompaniyalari kiritilgan.
Jismoniy shaxslar orasida A7A5 rahbari Leonid Shumakov, Qirg‘iziston Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, OAO “Torgovaya kompaniya KR” rahbari bo‘lgan Janishbek o‘g‘li Nazarbek, shuningdek, Kapital Bank boshqaruvi raisi Kantemir Chalbayev bor.
Bundan tashqari, sanksiyalarga Lyuksemburgda joylashgan Altair Holding SA investisiya fondi ham tushgan. Ushbu fond rivojlanayotgan bozorlardagi innovasion kompaniyalarga sarmoya kiritish bilan shug‘ullanadi.