Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi 100 ta yangi sanksiyalar joriy qildi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi 100 ta yangi sanksiyalar joriy qildi

Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga nisbatan 100 ta yangi sanksiyalar joriy etganini e’lon qildi. Bu cheklovlar Moskvaga neftdan tushadigan daromadlar va harbiy sohadagi muhim komponentlar yetkazib berishga qaratilgan.

Sanksiyalar Rossiya neftini tashuvchi "soya floti" va harbiy texnika yetkazib beruvchilarga nisbatan qo‘llanildi.

Britaniya hukumati bayonotida shunday deyilgan:
"Ushbu choralar Rossiyaga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytiradi — ular mamlakatning harbiy sohasiga va noqonuniy soya flotiga qaratilgan. (Rossiya prezidenti Vladimir) Putin urushni yanada kuchaytirishda davom etmoqda, ukrainaliklarni raketalar va dronlar orqali qo‘rqitmoqda."

Yangi sanksiyalar doirasida Rossiya neftini tashishda ishtirok etayotgan 70 ta kema, shuningdek Rossiyaning harbiy mashinasini qo‘llab-quvvatlayotgan 30 ta kompaniya va jismoniy shaxsga qarshi cheklovlar joriy qilindi.

London ma’lumotlariga ko‘ra, ular yetkazib berayotgan elektronika Rossiya qurollarida, jumladan "Iskander", X-101 raketalari va dronlarda keng qo‘llaniladi.

12 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar vaziri Ivetta Kuper o‘zining birinchi tashqi tashrifi doirasida Kiyevga keldi. Uning tashrifi kuni London Ukrainaga qish mavsumida yordam sifatida 142 million funt sterling (160 million yevrodan ortiq) ajratilishini e’lon qildi.

Avvalroq xabar berilishicha, Kuper tashqi ishlar vaziri lavozimini egallaganidan so‘ng ilk telefon suhbati Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan bo‘lib o‘tgan.

Kiritildi: 19:37 12.09.2025. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!