Buyuk Britaniya Rossiyaga dronlarni boshqarishda ham foydalaniladigan o‘yin joystiklarini yetkazib berishni taqiqladi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.
Xabar qilinishicha, London Moskvaga qarshi yana 150 turdagi mahsulotni yetkazib berishni taqiqladi.
"Rossiyaga yetkazib berilishi taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatiga ayrim texnologiyalar, kimyoviy moddalar, elektronika vositalari, mashinalar va metallar kiritildi. Masalan, neft va gaz konlarini qidirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot ham sanksiyalar qatoriga kirdi", deb yozadi Politico.