Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniya NATOning yangi mudofaa bankiga qo‘shilishi mumkin

Buyuk Britaniya NATOning yangi mudofaa bankiga qo‘shilishi mumkin

Buyuk Britaniya NATO harbiy loyihalarini moliyalashtirish uchun Kanada boshchiligidagi Mudofaa, Xavfsizlik va Chidamlilik Bankiga (DSRB) qo‘shilishni ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Nashr manbalariga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning yangi moliya vaziri Jon Xili, loyihaga 1 milliard yevro miqdorida mablag‘ ajratishga qarshi bo‘lgan avvalgi rahbari Reychel Rivsdan farqli o‘laroq, mamlakatning DSRBga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Mudofaa vaziri Ues Striting ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi.

Avvalroq Albaniya, Belgiya, Gresiya, Kanada, Latviya, Lyuksemburg, Ruminiya, Turkiya va Ukraina DSRBda ishtirok etish niyatini e’lon qilgan edi.

Yangi moliyaviy konsorsiumning bosh qarorgohi Monrealda joylashgan bo‘ladi. Uning maqsadi mudofaa loyihalarini moliyalashtirish uchun 134 milliard dollargacha mablag‘ jalb qilishdir.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!