Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniya kompaniyasi O‘zbekiston bilan energetika sohasida hamkorlik istiqbollarini o‘rganyapti

Buyuk Britaniya kompaniyasi O‘zbekiston bilan energetika sohasida hamkorlik istiqbollarini o‘rganyapti

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning «Ethos Energy» kompaniyasining mintaqaviy menejeri Nil Adam bilan muzokara o‘tkazdi.

Britaniya vakiliga O‘zbekistonda iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash va aholining farovonlik darajasini oshirish, yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talab va ehtiyojni qanoatlantirishga qaratilgan neft-gaz, energetika, ko‘mir, kimyo, qurilish industriyasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi doirasida amalga oshirilayot ishlar haqida so‘zlab berildi.

Nil Adam O‘zbekistonda energetika sohasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori yuqori baholadi.

Uchrashuv natijasida O‘zbekiston bilan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini o‘rganish to‘g‘risida kelishib olindi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.

«Ethos Energy» kompaniyasi energetika sohasida gaz va bug‘ turbinalari, generatorlar va transformatorlar uchun servis xizmatlarini taqdim etadi. Shuningdek, neft-gaz sohasida kompressorlar, turbinalar, generatorlar va dvigatel komponentlarini ta’mirlash bilan shug‘ullanadi. Kompaniya dunyoning 40 dan ziyod mamlakatlarida o‘z vakolatxonalariga ega.

Kiritildi: 11:00 11.07.2024. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!