Britaniya hukumati Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini (IIQK, Eronning elit harbiy kuchi) taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shish uchun yo‘l ochadigan qonun loyihasini parlamentga taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bu haqda The Jewish Chronicle nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Dushman davlat aktyorlari va ularni taqiqlash haqida gap ketganda, bizga zarur choralarni amalga oshirish uchun qonunchilik bazasi kerak. Biz tegishli qonun loyihasini iloji boricha tezroq taqdim etamiz. Keyingi parlament sessiyasi kelgusi haftalarda boshlanadi va biz ushbu hujjatni ko‘rib chiqish uchun taqdim etamiz", dedi bosh vazir.
29 yanvar kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Kaja Kallas X ijtimoiy tarmoq platformasida bayonot e’lon qildi va unda Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat vazirliklari rahbarlari "IIQKni terroristik tashkilot deb belgilash bo‘yicha qat’iy qadam tashlaganliklarini" e’lon qildi. Bu qaror avtomatik ravishda Eronning "Qarshi choralar to‘g‘risidagi qonuni"ning 7-bandini ishga tushirdi, unga ko‘ra Tehron o‘z navbatida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning qurolli kuchlarini terroristik tuzilmalar deb tan oldi.