Mamlakat TIV AQSh prezidenti Donald Trampning Hindiston haqidagi haqoratli gaplarini asossiz va noo‘rin deb atadi. Tramp radioshoulardan birida tug‘ilganlik bo‘yicha fuqarolik berish tizimini tanqid qilar ekan, Nyu-Dehli va Xitoyni "do‘zax" deb atagan.
Rasmiy Dehli bunday izohlar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarga mutlaqo zid ekanini bildirdi. Hindiston muxolifati ushbu gaplarni "anti-hindistoncha" deb atab, bosh vazir Narendra Modidan Trampga keskin norozilik bildirishni talab qilmoqda.
AQSh elchixonasi esa Trampning Modi bilan qalin do‘st ekanini aytib, vaziyatni yumshatishga urindi. Ushbu mojaro Qo‘shma Shtatlarda 5,5 million hindistonlik istiqomat qilayotgan va ikki davlat yangi savdo kelishuvlari ustida ishlayotgan muhim pallada yuz berdi.