Buyuk Britaniya o‘z hamkorlari bilan Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashishni qayta tiklash rejasining parametrlarini ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali suhbatidan so‘ng bergan bayonotida aytilgan.
"Buyuk Britaniya hozirda ushbu asosiy dengiz yo‘li orqali tovarlar oqimini ta’minlash uchun amaliy reja ishlab chiqish ustida hamkorlar bilan ishlamoqda", deb ta’kidladi Dauning-strit, 10.
Shuningdek, Starmer Ar-Riyodni "qat’iy qo‘llab-quvvatlashini" bildirganini ta’kidladi.