Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Buyuk Britaniya harbiy kemalar ishlab chiqarishni tezlashtirmoqchi

Buyuk Britaniya harbiy kemalar ishlab chiqarishni tezlashtirmoqchi

Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi eskirgan harbiy flotni yangilash uchun kemalar qurilishini tezlashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Rejaga ko‘ra, Shotlandiyadagi Babcock korxonasida Type 31 rusumli beshta fregat qurilishi jadallashtiriladi. Buning uchun qo‘shimcha ishchilar jalb qilish yoki xodimlarni ikki smenada ishlashga o‘tkazish rejalashtirilgan. Birinchi kema 2028 yilda tayyor bo‘lishi mumkin.

Nashrga ko‘ra, bu rejani amalga oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘ talab etiladi. Flotning hozirgi tarkibi belgilangan vazifalarni to‘liq bajara olmasligi mumkinligi sababli soha faoliyatini harbiy rejimga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 15:12 02.11.2026. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!