Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning ishonchli ittifoqchi ekanligiga ortib borayotgan shubhalar fonida Buyuk Britaniya NATO'ning yadroviy tiyib turish siyosatida faolroq ishtirok etmoqchi.
Ismini oshkor etmagan manbaning Bloomberg'ga aytishicha, Britaniya hukumati yadroviy qurol tashishi mumkin bo‘lgan qiruvchi samolyotlar ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Mutaxassislar London tomonidan yadroviy qurollar sohasiga kiritilayotgan sarmoyalar va boshqa Yevropa davlatlarining shunga o‘xshash sa’y-harakatlarini Qo‘shma Shtatlarning ittifoqchilarni yadroviy himoya qilish bo‘yicha kafolatlari zaiflashishi mumkinligidan kelib chiqayotgan xavotirlar bilan bog‘lashmoqda.