Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniya Yevroittifoq bilan oziq-ovqat borasidagi kelishuvga yaqin turibdi

Buyuk Britaniya Yevroittifoq bilan oziq-ovqat borasidagi kelishuvga yaqin turibdi

Britaniya Yevropa Ittifoqi bilan oziq-ovqat va veterinariya standartlari bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi, bu esa AQSh bilan savdo muzokaralarini murakkablashtirishi mumkin.

Bu haqda The Daily Telegraph gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, London va Bryussel o‘rtasidagi yangi hamkorlik may oyidayoq rasmiylashtirilishi mumkin. Biroq, maqolada ta’kidlanganidek, ushbu kelishuv ba’zi Amerika tovarlari uchun Britaniya bozoriga kirishda to‘siqlar yaratishi mumkin, bu esa AQSh bilan erkin savdo shartnomasini tuzishni qiyinlashtiradi. 2016 yilda Brexit referendumidan beri Vashington bilan kelishuv Yevropa Ittifoqidan chiqishning eng katta, ammo hozirgacha erishib bo‘lmaydigan mukofoti sifatida e’tirof etildi.

Britaniya hukumatining Brexit bo‘yicha sobiq bosh muzokarachisi Devid Frost "amerikaliklarning asosiy talablaridan biri Buyuk Britaniyaning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bozoriga kirish", deb ogohlantirdi.

"Biz qoidalarni o‘zimiz belgilash qobiliyatidan mohiyatan voz kechamiz va hech qanday haqiqiy foyda olmaymiz. Ayni paytda, bu bizda hali mavjud bo‘lmagan davlatlar bilan, birinchi navbatda, AQSh bilan erkin savdo bitimlarini tuzishni qiyinlashtiradi", - deya Frost so‘zlarini keltiradi gazeta.

Kiritildi: 09:23 16.04.2025. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!