Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Buyrakdagi toshlardan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Buyrakdagi toshlardan qanday xalos bo‘lish mumkin?

SSV Matbuot xizmati Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi Shavkat SHAVAHABOV bilan buyrakda tosh yig‘ilishiga doir suhbatini davom ettiradi.

— Kasallik qanday davolanadi?

— Bu, avvalo, xastalikning yengil yoki og‘irligiga qarab belgilanadi, — deydi SH. Shavahabov. — Masalan, Litotripsi deb ataluvchi buyrak toshlarini yo‘q qilish uchun ko‘pincha jarrohlik amaliyoti zarur bo‘ladi. Biroq operasiyani eshitib, darhol vahimaga tushmaslik kerak. Sababi hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalar bu amaliyotni og‘riqsiz va samarali bajarish imkonini beradi.

Shuningdek, buyrak toshlarini “yumshoq” usul, ya’ni eritish orqali ham yo‘qotish mumkin. Bu jarayon butunlay og‘riqsiz bo‘lib, muolaja maxsus preparatlardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Dorilarning dozasi esa bemorning yoshi va vazniga qarab shifokor tomonidan tavsiya qilinadi.

— Ushbu xastalikka chalinmaslik uchun nima qilish lozim?

— Eng avvalo, har bir inson kundalik suyuqlik ichish me’yoriga amal qilishi kerak. Ya’ni, sog‘lom odam kuniga har bir kilogramm vazn uchun 30 millilitr suv ichishini hisobga olsak, 60 kilogramm vaznga ega kishi bir sutkada deyarli 2 litr suv iste’mol qilishi zarur.

Shuningdek, sport bilan muntazam shug‘ullanish, asabiylashmaslik, tez-tez peshob tahlili topshirish, gastroenterolog va urolog qabulidan o‘tib turish, bel va qovuq sohalarining shamollashiga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi.

— Kasallikda qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas?

— Agar peshobda fosfat tuzlari aniqlansa, sut mahsulotlari (smetanadan tashqari), dudlangan yeguliklar, konservalar, alkogolli ichimliklar, tuxum sarig‘i, qalampir, murch, achchiq choy, kofe kabi mahsulotlarni yeyish va ichish man etiladi.

Mabodo, peshobda oksolat tuzlari aniqlansa, lavlagi, go‘sht, turli salatlar, qo‘ziqorin, rovoch, shovul, qovurilgan kartoshka, achchiq qora choy, uzum, xolodes, kakao, pomidor sharbati va xamirturushli non kabi bir necha oziq-ovqat mahsulotlarini tanovul qilish mumkin emas.

Kiritildi: 10:26 11.05.2022. O'qildi: 3227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!