Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Buxorolik ota o‘z o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi

Buxorolik ota o‘z o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida yashovchi fuqaro jahl ustida o‘z o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda «Daryo» ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 5 iyun kuni Jondor tumanida yashovchi 51 yoshli fuqaro H.Q.ning qizi K.Q. oilaviy kelishmovchilik sabab turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolib, ota uyiga qaytib kelgan. Kechki payt ishdan kelgan ota esa qizining turmush o‘rtog‘idan arazlab kelganini eshitib, janjal ko‘targan. Va kech bo‘lishiga qaramay, qizidan erining uyiga qaytib ketishini talab qilgan.

Otasining bu talabidan ranjigan 23 yoshli uka opasining yonini olib, uning uyda qolishini talab qilgan. Oqibatda ota-o‘g‘il o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Jahl otiga mingan ota asabiy holda o‘g‘lining ko‘krak va qorin qismiga ikki marotaba oshxona pichog‘i bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

«Oila a’zolari xabari bilan jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan va o‘z vaqtida qilingan tez tibbiy yordam natijasida hayoti saqlab qolingan. Hozirda tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda, bemorning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgarmoqda», — deydi Shuhrat Jalolov.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan otaga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida qo‘lga olingan.

Kiritildi: 18:56 08.06.2021. O'qildi: 2975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!