Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Buxorodagi bog‘chada 2 yashar bola tok urishidan vafot etdi

Buxorodagi bog‘chada 2 yashar bola tok urishidan vafot etdi

Buxorodagi xususiy bog‘chada bola tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Buxoro tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida shu yilning mart oyida 2023 yilda tug‘ilgan SH.SH. elektr toki urishi natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki tergovda mazkur nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi M.Jumayevaning vazifasiga yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kabi kasbiy majburiyatlar kirishi belgilangan. Biroq u o‘z kasbiga nisbatan beparvo hamda o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi va o‘ziga biriktirilgan guruhda tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirganligi aniqlandi.

Ish natijasiga ko‘ra mazkur jinoyat ishi 18 iyun kuni mazmunan ko‘rishlik uchun sud muhokamasiga yuborilgan.

Kiritildi: 22:05 19.06.2025. O'qildi: 797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!