Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buxoroda YTH: 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 5 kishi og‘ir jarohat oldi

Buxoroda YTH: 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 5 kishi og‘ir jarohat oldi

2020 yilning 19 may kuni soat 13:30da 31 yoshli M.J., boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida Buxoro viloyati Qorako‘l tumani hududidan o‘tuvchi 4R-76 yo‘lining 8-kilometriga yetganida, amaldagi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 39 yoshli N.T.ning boshqaruvida bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Buxoroda YTH: 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 5 kishi og‘ir jarohat oldi

Buxoroda YTH: 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 5 kishi og‘ir jarohat oldi

Oqibatda, “Nexia” avtomashinasining yo‘lovchisi, 19 yoshli Z.N. hodisa joyida, haydovchi M.J. esa tibbiyot birlashmasida vafot etgan. Bundan tashqari, har ikki avtomashinadagi 6 nafar yo‘lovchidan 5 nafari “og‘ir” tan jarohati, bir nafari esa “engil” tan jarohati olgan, ularning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 15:36 21.05.2020. O'qildi: 2958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!